Skip to main content

Xitoylik professor-o‘qituvchilarning ikkinchi tashrifi haqida

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Chang‘an universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibida Chang‘an universiteti dekani, Xitoy-Markaziy Osiyo transport infratuzilmasi ittifoqi idorasi direktori Dr. Zhangwei, Chang‘an universiteti dekan muovini, Xitoy-Markaziy Osiyo transport infratuzilmasi alyansi ofisi direktorining o‘rinbosari Dr.Yang Wang Tun, professorlar Vey Xin Dong hamda Deng Long Sheng SamDAQU rahbariyati bilan muloqot olib bordilar.

Dr. Zhangwei rahbarlik qilgan delegatsiyaning tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsadlar bu – ikki oliy ta’lim muassasasida kelgusida talabalar akademik mobilligi, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro bilim almashinuvi, stajirovkalar tashkil etish, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdir.

Muloqot davomida bakalavriatning arxitektura va qurilish muhandisligi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2+2 dasturi asosida zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlash kabi muhim masalalar to‘g‘risida atroflicha muhokamalar olib borildi.

Uchrashuv so‘ngida ikki oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolanishi, uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish rejalashtirildi.