2023-yilning 21-fevral kuni ООО “HENGYUAN CEMENT” MCHJ xorijiy korxonasining ishlab chiqarish bo‘lim boshlig‘i Cheng Shuang Xi boshchiligidagi delegatsiya vakillari Mirzo ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad xorijiy korxonaga yosh malakali kadrlarni jalb qilish, ularni ish bilan ta’minlash bo‘lib, shu masala xususida universitet rahbariyati bilan muzokara olib borildi.
Muloqoqt mobaynida tomonlar o‘zaro manfaatli bo‘lgan kelishuvlarni amalga oshirishga kelishildi, hamkorlik o‘rnatish istagi bildirildi. Muzokaralar so‘ngida esdalik sovg‘alari hamda esdaliik uchun foto muhrlandi.
Shundan so‘ng “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari texnologiyasi” kafedrasi bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi, uchrashuvda xorijiy korxona to‘g‘risida bitiruvchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-416-son qarori 2-ilova 10.2-bandi “Talabalar uchun yetakchi tarmoq korxonalari va tashkilotlari hamda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy arxitektura va qurilish kompaniyalarida amaliyot o‘tash imkoniyatlarini yaratish va kengaytirish” ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti hamda IP ООО “HENGYUAN CEMENT” MChJ xorijiy korxonasi bilan hamkorlik shartnomalari tuzish va iqtidorli bitiruvchi talabalarni ishga qabul qilishda suhbat asosida tanlovdan o‘tkazishdilar.
Uchrashuvda O‘quv ishlari bo‘yicha prarektori M.U.Xodjabekov, Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektori Ibragimov Botir Dastamovich, “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” kafedrasi mudiri dosent Baxtiyor Ibragimovich Saidmurodov, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i E.A.Haydarov, IP ООО “HENGYUAN CEMENT” MChJ vakillari: Cheng Shuang Xi- Ishlab chiqarish bo‘lim boshlig‘i, Xudayberdiyeva Lola-xodimlar bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, Ravshanov Shoxrux- tarjimonlar ishtirok etishdilar.
Shundan so‘ng so‘zga chiqib, Kattaqo‘rg‘on tumanida qurilayotgan yangi uchta zamonaviy IP ООО “HENGYUAN CEMENT” xorijiy korxonasi o‘rtasidagi 2023 yildan turli yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan shartnomalar tuzilishi hamda bitiruvchi yoshlar bandligin i ta’minlash va talabalarni kelgusida ishga joylashishini inobatga olgan holda haq to‘lanadigan stajirovka (amaliyot) o‘tash bo‘yicha shartnoma shartlarini kelishib olish maqsadida, Xitoy mutaxassislari tomonidan sement zavodiga tanlov asosida ishga kiruvchi talabgorlarni tanlovdan o‘tkazish uchun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurishganligini ta’kidlab o‘tib bitiruvchilarga omadlar tilab (dispetcher xizmati, kuydirish sexi, klinker sexi, texnik xizmat sexi, ko‘mir, oxaktosh, gips maydalash sexlari, sovutish sexi, laboratoriya va sifat bo‘limi, hamda texnika xavfsiligi va ekologiya bo‘limlari)ga universitetning iqtidorli bitiruvcilarini ishga qabul qilishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keltirishdilar.
Ishga qabul qilish tanlovda jami 32 nafar bitiruvchi talabalar 5340500 -“Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” ta’lim yo‘nalishidan 6 nafari 5340900-Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish ta’lim yo‘nalishidan bo‘lib jami 38 nafar bitiruvchilar qatnashishdilar. Tanlov natijasiga ko‘ra 14 nafar bitiruvchilarni sinov muddati bilan ishga olish uchun uch tomonlama shartnomalar tuzishdilar.