Skip to main content

Xitoyning Nanjing politexnika instituti vakillari tashrif buyurdi

2024-yil 27-sentyabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura qurilish unversitetiga Xitoy xalq respublikasining Szyansu provinsiyasi Nanjing shahrida joylashgan Nanjing politexnika instituti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Ushbu delegatsiya tarkibida oliy ta’lim muassasasi vitse-prezidenti Yang Qing, Xalqaro aloqalar va akademik almashinuv departamenti direktori Shang Weilai, Tabiiy fanlar fakulteti dekani Ge Jian, professor Liu Tong va shu institutning bir guruh talabalari tashrif buyurdi.

Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi vakillari, O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligi uchun kerakli malakali kadrlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’limni tashkil qilish va mutaxassislarni birgalikda tayyorlash bo‘yicha fikrlar almashdilar.

Bundan tashqari ikki oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, yosh olimlari, ilmiy tadqiqotchilari, magistrantlari va talabalarini akademik almashinuv, stajirovka tashkil qilish to‘g‘risida ham so‘z yuritdilar. Ikki oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va yosh olimlari xalqaro nufuzli ilmiy-texnik jurnallarda hamkorlikda maqolalar chop etish, xalqaro konferensiyalarni tashkil etish va qatnashish, tegishli sohalar bo‘yicha dolzarb mavzulardagi grant loyihalarini tayyorlashda va xalqaro grantlarda birgalikda ishtirok etish bo‘yicha muzokaralar olib bordilar.

Birgalikda qo‘shma ta’limni tashkil qilish bo‘yicha yanada mukammal o‘rganish va me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqish uchun, yil oxiriga qadar Nanjing politexnika institutidan SamDAQUga malakali ikki ekspert professor-o‘qituvchi tashrif buyurishi va unversitet professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturi, o‘quv rejalari va malaka talablarini, ikki davlatning amaldagi qonunchiligiga moslab tayyorlanishiga kelishildi.

Tomonlar uchrashuvi mazmunli va muhokamalarga boy ,o‘zaro manfaatli bo‘ldi. Uchrashuv so‘ngida ramziy sovg‘alar ulashildi.