Skip to main content

XITOYNING XI’AN JIAOTONG UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Joriy yilning 17-oktabr kuni “InnoWeek 2023” doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti va Xi’an Jiaotong universiteti oʻrtasida anglashuv memorandumini imzolash bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda SamDAQU rektori Dr. Chidem Turkyilmaz boshchiligida universitet rahbariyati va Xi’an Jiaotong universiteti Xi Guang boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirokida kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

O‘zaro kelishuv prinsipiga asoslangan ushbu hujjatda ikkala tomonlarning professor-o‘qituvchilari, talabalari, akademik ma’lumotlar va materiallarni almashinuvi orqali ikkala ta’lim muassasasining tadqiqot va o‘quv jarayoni yaxshilanishiga va bunday almashinuv dasturlarining tashkil etilishi ularning olimlari va talabalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishiga ishonch bildirildi.

Tomonlar oʻzlarining tegishli akademik va taʼlim ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda almashinuv dasturlarini ishlab chiqishni ragʻbatlantirishga kelishib oldilar va uchrashuv yakunida anglashuv memorandumlarini imzoladilar.

Uchrashuv yakunida esdalik uchun foto va ramziy sovg‘alar topshirildi.