Skip to main content

XIZMAT SAFARI DAVOM ETMOQDA

Turkiyaning ilmiy-texnik izlanishlari bo‘yicha kengashi (TUBITAK) milliy darajadagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etishga mas’ul tashkilot hisoblanadi. Tashkilotning Turkiyada 11 ta ilmiy-tadqiqot markazlari mavjud. Rasmiy tashrif bilan Turkiyada bo‘lib turgan SamDAQU delegatsiyasi, rektor Chidem Turkyilmaz boshchiligida ushbu tashkilotning Tubitak Marmara ilmiy-tadqiqot markazi (MAM)ga tashrif buyurdi.

Dastlab, markaz direktori Axmed Yozgatligi va turli yo‘nalishlarga mas’ul bo‘lgan rahbarlar delegatsiya a’zolariga markaz faoliyati, amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazdilar. Taqdimotdan so‘ng SamDAQU vakillarini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Universitet rektori taklifiga asosan markaz hamda SamDAQU hamkorligida muntazam ravishda loyihalar olib borishga kelishib olindi.

So‘ngra markaz kampusida joylashgan laboratoriyalarga ekskursiya tashkil etildi. Laboratoriyalarning faoliyati delegatsiya vakillarida juda katta qiziqish uyg‘otdi.

Keyingi manzil Osiyo va Yevropani birlashgan hududida joylashgan Gebze Texnika universitetiga tashrif uyushtirildi. Universitet 4 ta fakultet, 20 ta kafedra va 9 ta institutni o‘z ichiga oladi. Universitet rektori professor Hajı Ali Mantar delegatsiyani qabul qilib, universitetlar o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish zarurligi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi. Ikkala universitet rektorlari tomonidan o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolanib, ushbu memorandum kelajakda universitetlar o‘rtasida barcha yo‘nalishlardagi samarali hamkorlikni amalga oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

So‘ngra universitetning Arxitektura fakultetiga tashrif buyurildi. Fakultet dekani va professor-o‘qituvchilari tomonidan fakultetning faoliyati, talabalarning bajarayotgan ishlari, ularga yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida taqdimotlar tashkil qilindi. So‘ngra fakultet binolarining auditoriyalari va dizayn-studiyalari faoliyati bilan tanishib chiqildi. Tashrif so‘ngida delegatsiya a'zolariga kampuslar bo‘ylab elekromobillarda sayohat tashkil etildi.