Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga “Toshkent Conch Cement” MChJ xorijiy korxonasi vakillari tashrif buyurdilar.
Tashridan ko‘zlangan maqsad, Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish va Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyalasi bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi talabalarini ishga qabul qilishdir.
Suhbat davomida Ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Liu Chun Sheng, Kadrlar bo‘limi Xei Yi, Pishirish bo‘limi boshlig‘i Liu Yuan, universitet Marketing va karyera bo‘limi boshlig‘i Elmurod Haydarov va “Qurilish muhandisligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Ishga qabul qilish tanlovida jami 46 nafar talabalar suhbat jarayonlaridan o‘tishga harakat qildilar.