Skip to main content

TALABA KLUBLAR FAOLIYATI NAMOYISH ETILDI: 2-KUN “XORIJIY TILLAR VA TARJIMA” KLUBI TAQDIMOTI

“Universitet haftaligi” dasturi doirasida tashkil etilgan “Talaba klublari” ko‘rgazmasida “Xorijiy tillar va tarjima” klubi ham o‘z taqdimoti bilan ishtirok etdi.

Taqdimotga tashrif buyurgan universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz va Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzoqov klub faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va klub faoliyatini doim qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini aytib, talabalar uchun kelgusida yanada keng imkoniyatlar yaratilishi ustida ishlar olib borilayotgani haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

“Talaba klublari” bo‘limi boshlig‘i Charos Xushmurodova klub faoliyati haqida yig‘ilganlarga klub qoshida talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar uchun ingliz tili, turk tili va rus tili bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv kurslar haqida ma’lumot berib o‘tdi.

“Xorijiy tillar va tarjima” klubi koordinatori Farida Islomova va klub mutaxassislari tomonidan klubdagi faoliyati davomida erishgan yutuqlari, klub qoshida faoliyat olib borayotgan o‘quv kurslariva ularning ish dasturi, dastur doirasida foydalaniladigan kitoblar va qo‘llanmalar ko‘rgazma qatnashuvchilariga namoyish etildi.