Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxtektura-qurilish universiteti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashi raisi faoliyati hamda yaratilgan shart-sharoitlari oʻrganildi.
Ishchi guruh aʼzolari Bibirajab Tursunova, Gavhar Xudayberdiyeva tahlil natijalari xususida universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz hamda Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori Sherzod Uzokovlar bilan suhbatlashdilar.
Suhbat davomida xotin-qizlar maslahat kengashining faoliyati tizimli yoʻlga qoʻyilganligi, “Qizlarjon” va “Lider qizlar” klublari hamda talabalar turar-joylarida yashovchi qizlar uchun yaratilgan sharoitlar va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish masalasi rahbariyatning diqqat markazida ekanligi, mamnuniyat bilan tilga olindi va xotin-qizlar kengashi faoliyatiga ijobiy baho berildi.