Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashining 2024-yildagi 1-sonli yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Xotin-qizlar maslahat kengashi rasi, rektor maslahatchisi Adolat Ziyotova raisligida o‘tgan yig‘ilish kun tartibida quyidagi masalalar muhokama etildi.
- Prezident asarlari, ma’ruza va nutqlari, hukumat qarorlari, vazirlik hamda universitet rektorining buyruq va yo‘riqnomalari va vazifalari;
- 2023-yil fakultet dekan maslahatchilari tomonidan olib borilgan ishlarning hisoboti;
- Turli masalalar: a) Talaba qizlarni ta’tildan keyingi holatlarini o‘rganib chiqish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish; b) Oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona-kitobxon bola” g‘oyasini hududlarda keng targ‘ib qilish , “Sog‘lom oila - sog‘lom turmush tarzi” tamoyilini targ‘ib qilish, “Sog‘lom oila - sog‘lom turmush tarzi” tamoyilini targ‘ib qilish maqsadida “Oila-mahalla-ta’lim” tizimi asosida targ‘ibot tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.