Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti «Atrof muhit muhandisligi» kafedrasi v.v.b.professori, texnika fanlari nomzodi Yakubov Kutfidin Asliyevich 1976 yili Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining «Suv ta’minoti va kanalizatsiya» mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan va unga muhandis-quruvchi malakasi berilgan. Yakubov Kutfidin Asliyevich Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 1978 yildan beri assistent, katta o‘qituvchi, dotsent va kafedra mo‘diri, professor lavozimlarida ishlab kelmoqda.
K.A.Yakubov tomonidan jami 185 dona ilmiy maqola, 8 dona mualliflik guvohnomasi va patentlar, 60 dan ortiq uslubiy ishlanmalar, shulardan: 6 dona darsliklar, 4 dona o‘quv qo‘llanmalar va 6 dona o‘quv-uslubiy majmualar yaratilgan. Shulardan 25 tasi nufuzli chet el jurnallarida chop etilgan. Yakubov K.A 2016-yilda “Oliy ta’lim muassasining eng yaxshi pedagogi” Respublika tanlovi institut bosqichining “Arxitektura va qurilish” ta’lim sohasi bo‘yicha “Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog” nominatsiyasida 1-o‘rinni egallagan.
K.A.Yakubovning kadrlar tayyorlashda va ularni sohaga yo‘naltirishda qo‘shyotgan hissasi alohida ahamiyatlidir. SamDAQU faoliyati davomida “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlrni loyihalash va ekspluatatsiyasi” va “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 100 dan ortiq bakalavrlar va 40 dan ortiq magistrlarga hamda 3 nafar doktorantlarga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda.
K.Yakubovning ilmiy faoliyati ishlab chiqarish bilan uzluksiz bog‘liq bo‘lib, tabiiy va oqova suvlarni yangi tozalash texnologiyalarini yaratishga yo‘naltirilgan. Ustoz davlat amaliy grantlarida hamda va xo‘jalik shartnomalari asosida sanoat korxonalari uchun yangi texnologiyalarni yaratishda va joriy qilishda faol qatnashib kelmoqda. Shuningdek K.Yakubov tomonidan respublikamizda ilk bor ozonator qurilmalari yaratildi va bir qator korxona hamda tibbiyot muassasalariga joriy qilindi.
K.A.Yakubov shaxs sifatida kamol topgan, o‘z sohasini mukammal egallagan yetuk mutaxassis, kamtarin, jamoada obro‘yga ega, saxiy, oliy fazilatli ustoz.