Skip to main content

SAMDAQU TALABALARI UCHUN YANA BIR YIRIK KORXONA ESHIKLARI OCHILMOQDA

Rossiyaning “AKKERMAN Cement” MCHJ ga qarashli “Ohangaronsement” AJ vakillari savdo bo‘yicha direktori Alla Xramova, texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati, savdo bo‘limi boshlig‘i Ibroxim Mamatovlar ilmiy-amaliy, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning integratsiyasini rivojlantirish hamda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurdilar.

Korxona vakillari bilan bo‘lgan suhbat jarayonida Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektori Botir Ibragimov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Abror Gadayev, Marketing va karyera bo‘limi boshlig‘i Elmurod Haydarov, Qurilish muhandisligi kafedra mudiri Sherzod Yaxshiboyev, Qurilish muhandisligi kafedrasi dotsenti Baxtiyor Saidmurodov, Mehnat muhofazasi va salomatlik muhandisligi kafedra mudiri Javlon Suyunovlar ishtrok etdilar.

Uchrashuvda talabalarni kelgusida ishga joylashishini inobatga olgan holda haq to‘lanadigan stajirovka (amaliyot) o‘tash bo‘yicha shartnoma shartlarini kelishib olish, bitiruvchilarni ishga joylashtirish, bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik hamda doktorlik dissertatsiyalarini korxona bazasida o‘tkazish, korxonada kafedra filialini ochish va bir qator shu kabi masalalar yuzasidan kelajakdagi rejalar kelishib olindi.