Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz va prorektorlar tomonidan o‘rganildi.
Unda mavjud fakultetlardagi o‘quv-amaliyot xonalarida va talabalar turar-joylarida amalga oshirilayotgan ta’mirlash hamda yangi o‘quv binosidagi qurilish-montaj ishlari ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish chog‘ida hozirgi kunga qadar 1-sonli TTJ binosi yangi o‘quv yiliga talabalarni qabul qilishga tayyor holga keltirilganlig, 2-va 4-sonli TTJ binolari yangi o‘quv yiliga talabalarni qabul qilish ishlari tugallanish arafasida ekanligi, Arxitektura fakulteti o‘quv binosini yangi o‘quv yiliga tayyorlash ishlari olib borilayotgani va avgust oyining oxirigacha tugatilishi ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga “Ilmiy markazlar” binosi joylashgan hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari nihoyasiga yetganligi. Bosh o‘quv binosi yangi o‘quv yiliga tayyor holga keltirilganligi, bosh o‘quv binosining hududi obodonlashtirilgan va ko‘kalamzorlashtirilganligi aniqlandi.
Rektor tomonidan yangi o‘quv yiliga qadar amalga oshirilayotgan ishlarni tez va sifatli yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.