Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 2024/2025-yangi o‘quv yiliga start berildi.
9-sentabr kuni universitet hovlisida O‘zbekiston Respubllikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida 2024/2025-o‘quv yiliga bag‘ishlangan “Orientation week” ya’ni tanishtiruv haftaligining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Dastlab tadbir O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi sadolari ostida boshlandi.
Marosimni universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz ochib berib, universitetga endi qadam qo‘ygan talabalarga bayram tabrigi va samimiy tilaklarini tiladi.
Shuningdek, universitet prorektorlari Sherzod Uzokov, Mirolim Shodmonqulov, Abror Gadayev, universitet mehmonlari Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari G‘ayrat Boboxolov, universitet bitiruvchisi tadbirkor-quruvchi “Yuksalish Group” kompaniyasi rahbari Anvar Temirovlar talabalar va ularning ota-onalariga bayram tabriklarini yo‘lladilar.
Tadbirda universitet hayotida o‘zining namunali xulqi, erishgan yutuqlari, chet elda malaka o‘tab kelgan talabalar ham so‘zga chiqdilar. Prezident va davlat stipentiantlari tomonidan talabalarga omad va zafarlar tilandi. Universitetga eng yuqori ballar bilan talabalikka erishgan abituriyentlar va ularning ota-onalariga ma’muriyat nomidan tashakkurnomalar topshirildi, qimmatbaho sovg‘alar bilan minnatdorlik bildirildi. Estalik uchun foto tarixga muhrlandi.
Ochilish marosimidan so‘ng universitet auditoriyalarida “Mustaqillik darslari” boshlandi.