Skip to main content

YANGI O‘QUV YILI KUTUBXONADAN BOSHLANDI

Kitob — insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga bo‘lgan muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Insonning madaniyati uning kitobida aks etadi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxiktektura-qurilish universiteti Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti “Orientation week” tanishuv haftaligi doirasida fakultet dekanati ilk tadbirni universitet kutubxonasidan boshladi.

Birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar Axborot resur markazida tashkil etilgan kitoblar bilan tanishdilar. Mavjud ilmiy, badiiy kitoblarga boy universitet kutubxonasi bilan ARM direktori Dilbar Yarmatova, fakultet dekani Mas’ud Eshmurodovlar tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Kutubxonadan kitob o‘qish uchun qulay xonalar, adadi sanoqli bo‘lgan ilmiy kitoblarni daqiqalar ichida elektron qilib berish imkoniyatlari yaratilgan.