Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Yashil makon” dasturi doirasidagi ko‘chat ekish tadbiri qizg‘in davom etmoqda. Bu galgi tashabbus nafaqat atrof-muhitni obod qilish, balki yoshlarimizda ekologik madaniyatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbirda universitetning professor-o‘qituvchilari, rektorat xodimlari, va talabalar o‘z yurtlariga ko‘chatlar ekib, tabiatga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish orqali faol ishtirok etishmoqda. Bu sa’y-harakatlar orqali kelgusida universitet hududi ko‘rkam bog‘lar, qulay dam olish joylari va toza havo bilan ta’minlanadi.