Ayni kunlarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining “Geomatika muhandisligi” kafedrasi katta o‘qituvchilari Islom Pirnazarov, San’at Manoyev va Lazizbek Ibragimovlardan iborat delegatsiya a’zolari xizmat safari bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turibdilar.
Tashrif avallida SamDAQU delegatsiyasi Moskva davlat yer tuzish universiteti fakultetlari, markaziy laboratoriyalari va texnoparkida bajarilayotgan loyihalar, shartnomalar, ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek tashrif davomida universitet professor-o‘qituvchilari va Moskva davlat yer tuzish universiteti rektori Temur Papaskiri, Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Yekatirina Vladimirov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha Yuliya Ragulina “Kadastr va yer tuzish” fakulteti dekani Vladimir Kostesha bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chogʻida har ikki oliy taʼlim muassasasi haqida umumiy maʼlumotlar berildi. Hamkorlik istiqbollari boʻyicha oʻzaro fikrlar bildirildi. Jumladan, professor-oʻqituvchilar hamda talabalarning akademik almashinuvini yoʻlga qoʻyish, Erasmus+ dasturi boʻyicha birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar muhokama qilindi
Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat yer tuzish universitetida bo‘lib turgan universitet delegatsiyasi ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi va uni amalga oshirishga doir “Yo‘l xaritasi” ga muvofiq, universitetda Moskva davlat yer tuzish universiteti bilan hamkorlikda “Geokvadro” bilim va malakalarni baholash markazini tashkil etish maqsadida markazni ustavi, o‘quv rejalari, o‘quv materiallari, uchuvchisiz uchish texnologiyalari, dasturiy ta’minotlar va kelgusidagi rejalarni muhokama qilmoqdalar.