Skip to main content

YIL TALABASI: UNIVERSITET BOSQICHI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yil talabasi” tanlovini yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2023-yil 3-noyabrdagi 489-sonli buyrug‘iga asosan universitetda “Yil talabasi” tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda Talabalar dekanati dekani Bekzod Saidov boshchiligida Talaba klublari bo‘limi boshlig‘i Charos Xushmurodova, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” bo‘limi boshlig‘i Zikrillo Yasakov, Yoshlar yetakchisi Ikrom Davurov, “Ijtimoiy va tabiiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi va Xotin-qizlar kengashi raisi Adolat Ziyotova hamda Talabalar dekanati mutaxassisi Go‘zal Rashidovalar hakamlik qildilar.

Talaba-yoshlar tanlovda “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”, “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”, “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”, “Yilning eng faol sportchi talabasi”, “Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha)”, “Yilning eng faol ijodkor talabasi”, “Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun)” kabi nominatsiyalar bo‘yicha talabgorlarning ishlari ko‘zdan kechirdilar.

Saralash bosqichi qizg‘in savol-javoblarga va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. G‘oliblar tez orada Talaba klublari bo‘limi tomonidan e’lon qilinadi.