Skip to main content

YILDIZ TEXNOPARKINING YILLIK DAROMADI QANCHA? KEYINGI MANZIL YTU TEXNOPARKI

SamDAQU delegatsiyasi safarining navbatdagi manzili “Yildiz Texnoparki”ga tashrif bilan davom etdi. PQ-416-sonli qarorida universitetda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘plab chora-tadbirlar belgilangan.

Aynan shu chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida universitetda faoliyatini boshlagan “Inkubatsiya markazi” hamda “Texnologiyalar transferi ofis”larining ishini xalqaro tajribalarga asosan tashkil qilish bo‘yicha “Yildiz Texnoparki”ning mas’ul xodimlari va mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra bugungi kunda texnoparkda 700 ga yaqin korxonalar va “Start Up”lar faoliyat olib borayotgan bo‘lib, ularning yillik ishlab chiqarish hajmi 17 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi. Texnoparkda joylashgan korxona va “Start Up”larning ofislariga sayohat uyushtirilib, delegatsiya a’zolarida juda katta taassurot qoldirdi.

So‘ngra Yildiz Texnika universitetining Beshiktash kampusidagi “Arxitektura” fakultetiga tashrif amalga oshirildi. Fakultet rahbariyati va universitet rektori Chidem Turkyilmaz boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv tashkil etilib, o‘quv hamda ilmiy-tadqiqot faoliyati to‘g‘risida tadqimotlar namoyish etildi. Fakultet dizayn-studiyalari hamda kompyuter laboratoriyalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. SamDAQU hamda YTUlarning “Arxitektura” fakultetlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirildi.