Skip to main content

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-416-son qaroriga 2-ilova bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ning 18.4-band “Ish beruvchi tashkilotlar ishtirogida Universitetda “Boʻsh ish oʻrinlar” yarmarkalarini oʻtkazish” ijrosini ta’minlash maqsadida Universitetda bitiruvchilar va ish beruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘yicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-416-son qaroriga 2-ilova bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ning 18.4-band “Ish beruvchi tashkilotlar ishtirogida Universitetda “Boʻsh ish oʻrinlar” yarmarkalarini oʻtkazish” ijrosi, Oʻzbekiston  Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2023-yil 7-fevraldagi № 02-PA 1/1-254-son topshiriq xati bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalarida talaba-yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan yagona tadbirlar kalendar rejasi”ning 25-bandi “Oliy taʼlim muassasalari talabalari, ayniqsa bitiruvchilarning bandligini taʼminlash maqsadida ish beruvchilarni jalb qilgan holda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasini tashkil etish” boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash vazifalari berilgan.

2023-yil 15-dekabr kuni soat 1000 da Universitetda bitiruvchilar va ish beruvchilar oʻrtasida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tadbiri boʻlib oʻtdi. 

Tadbirning ochilish marosimini universietning Startegik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektori Botir Dastamovich Ibragimov kirish so‘zi bilan ochib, Universitet tarixi bilan tanishtirib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-416-son qarori ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda universitet bilan hamkorlikdagi korxonalar to‘g‘risida ma’lumotlarni keltirib o‘tdi.

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Murodjon Usarovich Xodjabekov, Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Aholi bandligi, ishsizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Toshbotirov Erkin Irisovich, "Ta’mirloyiha " MCHJ rahbari o‘rinbosari Qodirov Sherzod, Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi Topografik ishlar sho‘basi boshlig‘i Po‘latov Shaxzodlar so‘zga chiqib o‘zlarining iliq tilaklari hamda muvaffaqqiyatlari to‘g‘risida so‘zlab berdilar.

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M. U. Xodjabekov “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi uchrashuv tadbirini o‘tkazish bo‘yicha universitet rektorining 2023 yil 31-oktabrdagi 304-U-sonli buyrug‘i qabul qilinib, tadbirni o‘tkazish va samaradorligini oshirish bo‘yicha universitet mas’ullariga bir qator topshiriqlarni berib, tadbirni ochiq deb e’lon qildi.

“Karyera kuni” tadbir-uchrashuvida 138 ta korxona va tashkilotlar taklif etilib, 67 ta arxitektura, shaharsozlik va qurilish sohasida faoliyat olib borayotgan yirik kompaniya, korxona va tashkilotlar jami 1600 ta vakant bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdilar.

Xususan, Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi 1200 ta, Samarqand viloyat ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi-7 ta, Samarqand viloyat "Suv ta'minoti" MCHJi-6 ta, Tayloq tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi-140 ta, Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi-24 ta, “SAM ANTEP GILAM” MCHJ QK-18 ta,  “Enter Engineering Pte. Ltd.” Kompaniyasining Samarqand bo‘linmasi, ''AFRASIYAB UNIVERSAL LOYIHA'' loyiha tashkiloti, “BIATIFUL UNIVERSAL STROY” MCHJ, “ENGINEERING QURILISH” MCHJ, Ekspert Plan Design MCHJ, “Minor agrar qurilish” MCHJ, “Movorounnahr Arch design” MCHJ ,“JAKHONGIR ENGINEERING” MCHJ, Samargand shahar 17-maktabgacha talim muassasasi , “BINOKOR” MCHJ, Samarqand tumani, “Amir-ul Baxr” MCHJ, “Farovon Fayz” MCHJ, Qashqadaryo viloyati arxitektura va qurilish texnikumi, Samarqand viloyat mintaqaviy filiali narkologiya dispanseri, “O‘ZGASHKLITI” DUK Samarqand filiali, “MONTAJCHI” MCHJ, “Chinor  bulding” MCHJ kabi korxonalar jami 56 ta vacant bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar. 

Bulardan tashqari  Samarqand viloyatidagi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali, Samarqand Davlat Universiteti, Samarqand Davlat chet tillar institute, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ixtisoslashtirilgan bolalar xirurgiya klinikasi, O‘zbekiston Finlandiya Pedagogika instituti Samarqan filiali kabi OTMlar 40 taga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar.

Mehnat yarmarkasida ishtirok etgan korxona va tashkilotlardagi vakant bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish maqsadida universitetning 1300 nafarga yaqin bitiruvchi talabalar ishtirok etishdilar.

Tashkil etilgan mehnat yarmarkasida ish beruvchilar va bitiruvchilar o‘rtasida bevosita o‘zaro suhbatlar olib borilib, 142 nafarga yaqin bitiruvchialar uch tomonlama shartnomalarni (68 nafari rezyume, 74 nafar ishga joylashish) imzolashga erishdilar.    

  Jumladan:

"BRAND TEXTIL 22" MCHJ, “Interesting-engeneering” MCHJ, “Shahar-qurilish-loyiha” MCHJ, “MONTAJCHI” MCHJ, “Chinor  bulding” MCHJ, OOO ''AFRASIYAB UNIVERSAL LOYIHA'' loyiha tashkiloti, “BIATIFUL UNIVERSAL STROY” MCHJ, “ENGINEERING QURILISH” MCHJ, Ekspert Plan Design MCHJ, “Minor agrar qurilish” MCHJ, “Movorounnahr Arch design” MCHJ, “JAKHONGIR ENGINEERING” MCHJ, Samarqand viloyat ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, Samarqand viloyat "Suv ta'minoti" MCHJ, Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi, "SAMGEODEZIST" MCHJ, "Ta’mirloyiha " MCHJ, “Maroqand Dizayn” MCHJ, O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi Samarqand viloyati madaniy meros boshqarmasi kabi korxonalar bilan bitiruvchilarni  (jami 24 nafar) to‘g‘ridan to‘g‘ri ishga qabul qilish bo‘yicha uch tomonlama shartnomalarini imzolashdilar.

"Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi" Samarqand filali, “ARK-Dizayn” loyihalash ustaxonasi, “7-sonli  mexanizatsiyalashgan  ko‘chma  kollona” MCHJ, “Rise Projekt” MCHJ, “Ekonomiks-standart” MCHJ, "Marocan Mosaic" MCHJ, “Shoxjaxon proekt”  MCHJ, “Issiqlik Manbai” DUK, Gaz quvurlari boshqarmasi, Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi, Samarqand viloyat ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, Samarqand viloyat "Suv ta'minoti" MCHJ, Tayloq tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi bilan 140 nafar bitiruvchilar qiziqish bildirib, jami 68 nafar rezyume to‘ldirishdilar.