Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga “UNIVERSITET” maqomi berilganligining 2 yilligi munosabati bilan “Yosh arxitektor va shaharsozlik mutaxassislari TANLOVI” bo‘lib o‘tdi.
Tanlov 3-yo‘nalish bo‘yicha dastlab “SamDAQU bosh binosining hududida 50 nafar talabalar uchun mo‘ljallangan kafe loyihasi eskizi”ga start berildi.
Tanlov ishtirokchilari “SamDAQU bosh o‘quv binosining oldi bog‘ida 50 nafar talaba uchun mo‘ljalangan kafe loyihasi” mavzusida loyiha eskizlarini bajardilar.
Loyiha eskizida qo‘yilgan talablarda kafe binosi ko‘pi bilan 80 metr kvadrat maydonni egallashi, loyihada konsepsiya va senariy tushuntirilgan bo‘lishi, bubble diagrammalar, zonalashtirish, 1:50 mashtabda binoning fasad, plan, qirqim va umumiy ko‘rinishi (perspektiva) aks etishi lozim edi.