Skip to main content

TALABA KLUBLAR FAOLIYATI NAMOYISH ETILDI: 2-KUN “YOSH KITOBXON” KLUBI TAQDIMOTI

“Universitet haftaligi doirasida “Talaba klublari” ko‘rgazmasining “Yosh kitobxon” klubi taqdimoti tashkil etildi.

Taqdimotda klub koordinatori Dilnoza Shaydullayeva tomonidan klubning maqsadlari, foydali taraflari haqida ma’lumotlar berildi. Talaba yoshlarni ko‘p kitob o‘qishga, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga, bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish — klubning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlar klub faoliyatiga doir o‘z fikr va mulohazalarini aytib o‘tdilar. Bundan tashqari, fakultetlararo tashkil etilgan “Yosh kitobxon” tanlovi bo‘yicha berilgan badiiy asarlar namoyishi ham bo‘lib o‘tdi.