Skip to main content

TALABA KLUBLAR FAOLIYATI NAMOYISH ETILDI: 2-KUN “YOSH MUTAXASSISLAR MARKAZI” TAQDIMOTI

“Universitet haftaligi” doirasida “Yosh mutaxassislar” markazi qoshida tashkil etilgan klublarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

“Yosh arxitektorlar”, “Yosh quruvchi muhandislar” va “Yosh menejmentlar”, “Maketlash va modellash” kabi mutaxassislik klublari umumiy koordinatori Jahongir Otamurodov tomonidan klub faoliyati, maqsadi va vazifalari klubga qiziqqan talaba-yoshlar uchun o‘quv kurslar haqida batafsil tushunchalar berib o‘tildi.

Taqdimotga universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzoqov tashrif buyurib, klub a’zolari tomonidan jamoa bo‘lib ishlangan maketlar va loyihalarnini ko‘zdan kechirdilar.

Talaba klublari bo‘limi boshlig‘i Charos Xushmurodova klub koordinatori Farida Islomova bilan birgalikda yig‘ilgan talaba-yoshlarga klub faoliyati va a’zolari haqida ma’lumotlar berib o‘tdilar.

Taqdimot davomida ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan o‘g‘il-qizlarning ishlariga qiziqqan talaba-yoshlar klubga a’zo bo‘lish istagini ham bildirdilar.