Skip to main content

YOSH VOLONTYORLAR KLUBI: YANA BIR XAYRLI ISHGA QO‘L URILDI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Yosh volontyorlar” klubi a’zolari sana munosabati bilan yan bir xayrli ishga qo‘l urdilar.

Har yili 5-dekabr kuni butun dunyoda Xalqaro volontyorlar kuni keng nishonlanib kelinadi. Volontyorlarning xayrli ishlari bu kunda qadrlanadi, e’tirof etiladi.

Ushbu sana munosabati bilan Talaba klublari bo‘limi qoshida tashkil etilgan “Yosh Volontyorlar” klubi a’zolari bugun obodonlashtirish ishlarida ishtirok etdilar.

Klub a’zolari universitet kampusida joylashgan arxiv bo‘limida Dilnoza Xalilovaga beminnat yordam qo‘lini cho‘zdilar. Jamoa birlashib yig‘ilib qolgan hujjatlarni baland tokchalarga joylashda, hamda bo‘limda tozalikni o‘rnatishga yaqindan yordam ko‘rsatdilar. 

Shuningdek “Yosh volontyorlar” klubi a’zolarini Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzoqov va Talabalar dekani Bekzod Saidovlar barcha yo‘nalishlarda beminnat yordam qo‘llarini ayamasdan, yordam qo‘lini cho‘zib kelayotgan barcha ko‘ngilli talabalarga rahbariyat nomidan minnatdorlik izhor etib, sana munosabati bilan barcha volontyorlarni samimiy tabrikladilar.