Skip to main content

YOSHLARNI BIR MAQSAD YO‘LIDA BIRLASHTIRA OLGAN – ZAKOVAT O‘YINI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining 5 tashabbus markazi faollar zalida “ZAKOVAT” klubida o‘tkazilgan Kuzgi mavsum turniri o‘z nihoyasiga yetdi.

Yakuniy o‘yinlarni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzoqov kirish so‘zi bilan ochib berdi. So‘ngra talabalar dekani Bekzod Saidov final o‘yinida ishtirok etayotgan jamoalar va ishtirokchilarga omad tilab, ushbu turnir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdi. Tadbirda so‘zga chiqqan Talaba klublari bo‘limi boshlig‘i Charos Xushmurodova g‘olib uchun ajratilgan mukofot jamg‘armasi va taqdirlash jarayoni haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Yil davomida 12 jamoa 9 ta tur bo‘yicha quyidagi natijalarni qayd etdi. Unga ko‘ra:

81,5 ball bilan “Diamond” jamoasi 1-o‘rinni;

80,5 ball bilan “Alliance” jamoasi 2-o‘rinni;

80 ball bilan “Daholar batalyoni” jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

G‘olib jamoalar “Yil yakuni” tadbirida taqdirlanadilar.

Shuningdek, 2023-yil “ZAKOVAT” klubi doirasida o‘tkazilgan kuzgi mavsumda “ERUDITLAR LIGASI”ning yakuniy natijalari ham e’lon qilindi:

1-o‘rin sohibi Asilbek Qilichov; 

2-o‘rin sohibi Sirojiddin Muxtorov;

3-o‘rin Muazzam Boymurodovaga nasib etdi.

2023-yil “ZAKOVAT” klubi doirasida o‘tkazilgan kuzgi mavsumning “SHAXSIY O‘YIN” ligasining yakuniy natijalari esa quyidagicha qayd etildi:

1-o‘rin sohibi Navruz Ibragimov;

2-o‘rin sohibi Asror Toshpo‘latov;

3-o‘rin Ismoil G‘aniyevga nasib etdi.

G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.