Skip to main content

“Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” insholar tanlovi yakuniy natijalari e’lon qilindi

Oldin xabar berganimizdek, 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida “Eng yaxshi insholar” tanlovi o‘tkazilgan edi.

Universitet bosqichida yigirmaga yaqin talaba-yoshlar ushbu tanlovda faol ishtirok etib, mavzuga oid qarashlarini erkin va ijodiy tarzda bayon etdilar. Talabalar insholari O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari Gulchehra Xalikova, Abdumalik Qurbonov va Shahriyor Jo‘rayevlar tomonidan xolis va adolatli baholandi.

Ishchi guruh xulosasiga ko‘ra, tanlov g‘oliblari quyidagilar:

1-o‘rin: Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti, iqtisodiyot yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Salomat Rafqatova

2-o‘rin: Arxitektura fakulteti, arxitektura yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Mohitobon Ro‘ziboyeva, Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti, biznesni boshqarish yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Nozima Shamsiddinova

3-o‘rin: Arxitektura fakulteti, dizayn landshaft yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Alisher Xurazov, Arxitektura fakulteti, dizayn landshaft yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Marjona Qurbonova