Skip to main content

Rektor YUNESCOning Ta’lim kelajagi va innovatsiyalar bo‘limi rahbari bilan uchrashdi

Xabaringiz bor, Efiopiya Federativ Demokratik Respublikasi poytaxti Addis-Abebada “Afrika kelajagi uchun bilimlar transformatsiyasi” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tayotgani to‘g‘risida xabar bergan edik. 

Xalqaro forumning ikkinchi kunida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish univeriteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz YUNESCOning Ta’lim kelajagi va innovatsiyalar bo‘limi rahbari Sobhi Tawil bilan uchrashdi.

Rektor tor doiradagi uchrashuvda kelgusi yil Samarqandda bo‘lib o‘tadigan YUNESCO Bosh assambleasida universitetning roli to‘g‘risida muhokamalar olib bordi.