Skip to main content

“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL OʻYININING BAYRAMONA TURI O‘TKAZILDI

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan universitet professor-oʻqituvchilari va ishchi-xodimlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyinining 14-yanvar —Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayramona turi boʻlib oʻtdi.

Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzoqov, Xotin-qizlar qoʻmitasi a’zolari, professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlardan tashkil topgan 10 ga yaqin jamoalar ishtirok etdilar.

Qiziqarli kechgan aql jangida natijalar quyidagicha belgilandi:

I o‘rin – “Rektorat” jamoasi;

II o‘rin – “Iqtisodchilar” jamoasi;

III o‘rin – “Qalqon” jamoasi qo‘lga kiritdilar.

Barcha jamoalar o‘yin so‘ngida tashkilotchilar tomonidan diplom va tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.