Skip to main content

Zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha anonim so‘rovnoma o‘tkazildi

Mirzo UIug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi va universitet inspektorlari hamkorligida psixolog Sardor Otayorov tomonidan ishlab chiqilgan anonim so‘rovnoma tashkil qilindi.

Ushbu jarayonni dekan maslahatchilari Shohida Yuzboyeva, Yulduz Normurodova, Hosiyat Toshmatova, Nilufar Shodmonqulova hamda tyutorlar amalga oshirdi.

Tahlil natijalari asosida kelgusida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ishlarni olib borish bo‘yicha kelishib olindi.

So‘rovnoma auditoriyalarda, Talabalar turar joylarida va ijarada yashovchi qizlar orasida muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ushbu faoliyat qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularni huquqlarini himoya qilishda muhim qadam bo‘ldi.