Перейти к основному содержанию

AXBOROT RESURSLARI MARKAZI

Yarmatova Dilbar Sa'dinovna

Yarmatova Dilbar Sa'dinovna

Axborot resurs markaz direktori

Qabul vaqti: Har kuni 14.00-16.00

Telefon: (97) 315-44-50

Axborot resurs markazi tarixi va faoliyati

Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti kutubxonasi 1966 yilda tashkil etilgan. Kutubxonaga umumta’lim va mutaxassisliklar bo’yicha darslik va o’quv qo’llanmalar bilan ta’minlash Toshkent, Kiyev va Moskva shahridagi institutlar yordamida shakllantirilgan.    Kutubxonani tashkil etishda uning 1 chi boshlig’i Pastavnichnaya Matryona  Pavlovna katta hissa qo’shgan. Uning  boshchiligida kutubxonadagi o’quv, ilmiy, ilmiy uslubiy  kitoblar va turli  jurnallar soni jadallik bilan  ko’payib borgan. Keyinchalik kutubxona direktori lavozimida Nikinova Nina Aleksandrovna, Valentina Georgiyevna ham ishlagan.

Kutubxonada quyidagi xodimlar ishlagan.

Nosirova Xalima Shodiyevna (1990-1997 yillar direktor bo'lib ishlagan).
Abdullayeva Zebo Axrorovna (1997-2002 yillar direktor bo'lib ishlagan).
Nurmatov Eshmirza (2002-2005 yillar direktor bo'lib ishlagan).
Mamatqulova Dilorom uraqovna (2005-2016 yillar direktor bo'lib ishlagan).
Ярматова Дилбар Саъдиновна  (2017 йилдан буён АРМ директорлиги лавозимида faoliyat yuritmoqda)

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi PQ-381 raqamli qaror asosida zamonaviy talablarni hisobga olgan holda kutubxona tarmog’ini tashkil qilishni takomillashtirish, o’sib kelayotgan yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yo’naltirilgan prinsipial yangi axborot markazlarini barpo etish hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risida” gi PQ-381 raqamli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida SamDAQI  kutubxonasida 2007 yil 1 yanvardan boshlab Axborot Resurs Markazi (ARM) tashkil etildi. Hozirgi vaqtda ARM tasarrufidagi filiallar Jomboy va Bulung’ur tumanlarida faoliyat ko’rsatmoqda. SamDAQI kutubxonasi tashkil topgan vaqtda 22 000 kitob fondi bilan ish faoliyatini boshlagan.

Bugungi kunda institut Axborot resurs markazining umumiy kitob fondi 462789 donani tashkil qiladi.

Shundan:

  • Илмий адабиётлар -  103301 нусха
  • Дарслик  - 103672 нусхада
  • Ўқув қўлланмалар – 129713 нусхада
  • Бадиий адабиётлар – 68836 нусхада
  • Хорижий тилдаги адабиётлар – 9426 нусхада
  • Бошқа турдаги адабиётлар - 53567 нусхада   

Axborot resurs markazini o’quv adabiyotlari bilan boyitish maqsadida, nashriyotlar bilan shartnomalar asosida, o’quv adabiyotlari xarid qilinmoqda. Bundan tashqari, institut professor-o’qituvchilari tomonidan yaratilgan o’quv adabiyotlari ARM fondiga sovg’a tariqasida qabul qilinmoqda.

Axborot resurs markazida mavjud o’quv adabiyotlarining elektron shaklini yaratish maqsadida bugungi kunda “ARMAT” elektron kataloglashtiruvchi dasturiga 14000 ga yaqin o’quv adabiyotlari kiritilib borilmoqda. ARMning axborot texnologiyalari bo’limida mavjud elektron darslik va o’quv adabiyotlar soni 5000 dan oshdi. SamDAQI professor-o’qituvchilarining o’quv-uslubiy majmualari, 355 dan ortiq ma’ruzalar matni elektron kompakt disklarga yozilgan. Bundan tashqari, kam nusxadagi adabiyotlar skaner qilinib, internet tarmog’idagi http://arm.samgasi.uz/ manzilida joylashgan veb saytiga kiritilib borilmoqda.

 Axborot resurs markazida 3 dona nusxa ko’chirish apparati, 1 dona skaner  va 25 dona kompyuterlar mavjud. Kompyuterlar internet va korparativ tarmoqqa ulangan. Institut talabalarining foydalanishlari uchun 18 ta kompyuter va xodimlar uchun 7 dona kompyuter ajratilgan. 

  

ARMning 320-multimediali xonasi videoproyektor bilan jihozlangan bo’lib, undan professor-o’qituvchilar hamda talabalar dars jarayonida foydalanishadi.

 Institut professor-o’qituvchilari tomonidan yaratilgan o’quv uslubiy majmualar muntazam ravishda oyma-oy ZiyoNet tarmog’i tomonidan berilgan rejaga asosan 12 ta bakalavr ishi, 6 ta magistrlik dissertasiya ishi, 4 ta kurs ishi, 6 ta referat, 2 ta maqola hamda 2 ta darslik esa yil mobaynida ZiyoNet portaliga joylashtirilib borilmoqda.     

Axborot resurs markazi har yilgi rejaga muvofiq turli nomdagi oynoma va ro’znomalarga obuna bo’lib boradi.

Axborot resurs markazi fondini boyitish maqsadida, yil davomida O’zbekiston Respublikasi ma’naviyat va ma’rifat kengashi huzuridagi “Ma’naviyat”, “G’afur G’ulom” nomli nashriyot matbaa ijodiy uyi, “Sharq-Ziyo zakovat”, “Sharq nashriyoti” matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, “Adolat”, “Tasviriy oyina”, “O’zbekiston” matbaa ijodiy uyi nashriyotlari bilan tuzilgan shartnomalar bo’yicha ko’plab kitoblar xarid qilinmoqda.

 

 

AXBOROT RESURS MARKAZINING FAOLIYATI HAQIDA

BATAFSIL / MORE