Перейти к основному содержанию

SPORT

Mamlakatda aholining salomatligini yaxshilash ayniqsa talaba - yoshlar jismoniy taraqiyotini tarbiyalab yetishtirishda eng muhim omillardan biri sifatida xizmat qilmoqda. Bu yil yangi sport inshootlarini qurilishi, o'yin maydonalrini ko'payishi turli sport musobaqalari "Universiada" sport o'yinlarining viloyat va respublika bosqichlarida jamoalarning qatnashishi, yurtimiz uchun iste'dodli sportchilar yetishtirib berishda xizmat qilishi tabiiydir. Jismoniy tarbiya kafedrasi va murabbiylari tomonidan hozirgi kunga qadar:

  • 5150 dan ortiq ommaviy razryadli sportchilar;
  • 2100 dan ortiq 1 - razryadli sportchilar;
  • 320 nafar sport ustasiga nomzod;
  • 36 nafar sport ustasi sportchilari;
  • 3 nafar xalqaro toifadagi sport ustasi sportchilari tayyorlanadi;
  • Institut qo'l to'pi jamoasi 6 karra O'zbekiston chempioni unvoniga erishilgan.
    Jismoniy tarbiya kafedrasida 10 dan ortiq sport to'garaklari mavjud bo'lib, va unda o'quv mashg'ulotilari muntazam olib borilmoqda.

Kafedraning moddiy texnik bazasi

Nomlanishi

Soni

O'lchami, m

Maydoni, m/2

1

Yоpiq sport zal

1

12x27

324,0

2

Og‘ir atlentika zali

1

9x18

162,0

3

Kurash va boks zali

1

14x14

196,0

4

Ochiq suv xavzasi

1

12x25

300,0

5

Minni futbol maydoni

1

30x50

1500,0

6

Ochiq voleybol maydoni

1

9x18

162,0

7

Basketbol maydoni

1

28x14

392,0

8

Qo'l to'pi maydoni

1

20x40

800,0

 

Jami:

8

 

3836,0

                                                                                                                                                          

Kafedrada tashkil etilgan 9 dan ziyod sport turlaridan jumladan, kurash, stol tennisi, voleybol(o'g'illar), voleybol(qizlar), basketbol(o'g'illar), shaxmat, futbol, tosh ko'tarish, o'g'ir atletika kabi to'garaklarida talabalar, professor - o'qituvchilar uchun sog'lomlashtirish guruhi muntazam faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Ushbu to'garaklarni samarali o'tkazish uchun katta sport zali, kurash, tosh ko'tarish zallari va ochiq sport majmuasi talabalar ixtiyorida. Kafedra a'zolari zimmasiga talaba yoshlarda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish kabi vazifalarni yuklaydi. Institutimizda yuqori mahoratga ega bo'lgan sportchi talabalarni tanlab olish uchun darsdan tashqari turli sport musobaqalarini o'tkazish rejalashtirilgan va o'tkazib kelinmoqda. Bu borada kafedra bajarilishi lozim bo'lgan tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va ushbu reja asosida ishlar olib borilmoqda.