Перейти к основному содержанию

Arxitektura-qurilish yo’nalishidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 noyabrdagi “Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti huzurida Arxitektura-qurilish yo‘nalishidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi 969-sonli qaroriga muvofiq “Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti huzurida Arxitektura-qurilish yo‘nalishidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markazi” tashkil etildi.
Markazning tuzilmasi va ustavi 2019 yil 11 yanvarda OO‘MTV bilan kelishilgan holda Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlandi hamda 2019 yil 18 yanvarda “Davlat xizmatlari markazi” tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi;
Markaz faoliyatini tashkil etish, o‘quv-metodik va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida, SamDAQIning 3-o‘quv binosidan 195 m.kv. maydonga ega bo‘lgan o‘quv va ma’muriy xonalar ajratildi. Mazkur ajratilgan xonalar tegishli miqdorda mebel, inventar, axborot-kommunikatsiya uskunalari hamda o‘qitishning texnik vositalari bilan jihozlandi. Ajratilgan 25 dona kompyuterlar internet tarmog‘iga ulandi.
Jalb etilgan tinglovchilarni o‘qish davrida yashashi uchun Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining talabalar turar joyidan 20 tinglovchiga mo‘ljallangan o‘rinlar ajratildi.


Mutaxassislik kurslari bo‘yicha malaka oshirish kurslarining o‘quv reja va dasturlari Qurilish vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtirish Kengashi tomonidan (2019 yil 19 aprel № 2-son bayonnoma) ma’qullanib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlandi. Kurslarda mashg‘ulotlarni olib borish uchun Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining yetakchi professor-o‘qituvchilari hamda Samarqand shahridagi loyihalash va qurilish tashkilotlarining yetakchi mutaxassislari jalb etildi.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 maydagi “Loyihalash va qurilish sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi 451-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha loyihalash va qurilish sohasidagi mutaxassislarning malaka oshirish kursi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv reja va dasturlari qurilish sohasidagi zamonaviy yangiliklar va islohotlarga mos ravishda qayta ko‘rib chiqilib, belgilangan tartibda tasdiqlandi.
Viloyatlarda faoliyat ko‘rsatuvchi qurilish ishlab-chiqarish pudrat tashkilotlari, loyiha tashkilotlari, viloyat va tuman qurilish boshqarmalari, viloyat hokimligi Injiniring Kompaniyasi, “Qishloq qurilish invest” MChJ IK hamda “Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK viloyat filiallarida faoliyat ko‘rsatuvchi rahbar-xodimlari, mutaxassislari va muxandis-texnik xodimlarini malaka oshirish reja-grafiklari ishlab chiqilib, viloyat hokimliklariga va tegishli tashkilotlarga yetkazildi.
2019 yilda 12 ta guruhda 128 nafar tinglovchilarning malaka oshirish kurslarida o‘qishi tashkil etildi.


2020 yilning yanvar-mart oylarida 9 ta guruhda 228 nafar loyihalash va pudratchi tashkilotlarning rahbar, mutaxassis va muhandis-texnik xodimlari o‘z malakalarini oshirishdi.