Skip to main content

Pekin arxitektura-qurilish universitetining Qurilish va transport muhandisligi fakultetida ekskursiya tashkil etildi

Kunning ikkinchi yarmida Pekin arxitektura-qurilish universitetining Qurilish va transport muhandisligi fakultetiga tashrif buyurildi.

 

Tashrif davomida fakultet dekani professor Li Junqi, dekan muovinlari professor Deng Yang va Liao Weizhanglar bilan uchrashib ilmiy-tadqiqot loyihalarida hamkorlik qilish, kafedralararo hamkorlik shartnomalarini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda xalqaro va davlat ilmiy grantlarida ishtirok etish hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

 

Shundan so‘ng fakultetga qarashli sun’iy intellekt, mexanika, konstruktsiya, qurilish materiallari, sinov va tajriba laboratoriyalariga tashrif amalga oshirildi. Laboratoriyalarda qo‘llanilayotgan sun’iy intellektni qo‘llab quvvatlovchi dasturiy ta’minotlar, virtual reallikka asoslangan tajriba poligonlari, qurilish sohasida ishlatiladigan 3D printerlarining ishlash texnologiyalari, qurilish materiallarini sinashga asoslangan zamonaviy jihozlar bilan yaqindan tanishilib, qurilish muhandisligi sohasida Xitoy mutaxassislari bilan o‘zaro fikrlar almashildi.