Skip to main content

2022-2023 o‘quv yilida professor-o‘qituvchilar hamda talabalarga Autodesk mahsulotlarida bepul

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat axitektura-qurilish universiteti 2022-2023 o‘quv yilida professor-o‘qituvchilar hamda talabalarga Autodesk mahsulotlarida bepul litsenziya asosida foydalanishni taqdim etadi

Endilikda professor-o‘qituvchilar va talabalar litsenzilayaga ega 45 turdagi Autodesk mahsulotlaridan bepul foydalanishlari va o‘rganishlari mumkin bo‘ladi.

Ushbu dasturlar yordamida siz muhandislik, raqamli arxitektura va boshqa sohalarda o‘z tajribangizni oshirib turli xil tanlovlarda ham ishtirok etishingiz mumkin.

Professor-o‘qituvchilar uchun arxitektura, muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish kurslari, Autodesk mahsulotlaridan talabalarga foydalanishni o‘rgatish, o‘qituvchi resurslari uchun foydalanishga tayyor o‘quv darsliklarni o‘rganish yo‘llaridan foydalanishlari mumkin.

Litsenziyaga ega dasturlarda siz sanoatlashgan qurilish o‘quv dasturlari ya’ni Autodesk Digital Constructuion resurslaridan foydalana olasiz.

Dasturlar ichida Tinkercad dasturiy ta’minoti talabalar uchun o‘quv dasturini ishlab shiqishda amaliy ko‘mak berish uchun taqdim etiladi.

Bundan tashqari Fusion 360 dasturi orqali amaliy ishlanmalar, o‘quv rejalar va savollarni muhokama qilish uchun butun dunyo bo‘ylab hamkasblar bilan onlayn uchrashishingiz va muloqot qilishingiz mumkin.

Autodesk mahsulotlarini qanday yuklab olish haqida batafsil video qo‘llanma Universitet platformalarida tez orada e’lon qilinadi.