Перейти к основному содержанию

HURMATLI HAMKASBLAR VA DO‘STLAR!

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga (SamDAQU) xush kelibsiz. Haqiqiy va virtual dunyo o'rtasidagi chegara tobora yo’qolib bormoqda, shuning uchun ham siz bizning veb-sahifamizga tashrif buyurgan bo'lsangiz, allaqachon o’zingizni Universitetimizda his qilasiz!

2026-yilda universitetimiz 60 yoshga to‘ladi. Bu 1966 yilda institut shaklida tashkil etilib, 2022 yilda universitet maqomiga ega bo’lgan davrni o’z ichiga olgan uzun yo'l hisoblanadi.

Bugungi kunda universitetning ko'p ming sonli jamoasining sa'y-harakatlari SamDAQUni yangi turdagi ya’ni – ko'p qirrali ilmiy tadqiqotlar, tarmoqlararo texnologiyalar va jahon miqyosidagi ilm-fanni targ’ib qiluvchi innovatsiyalar bo'yicha etakchi bo’lgan FAOL universitet sifatida rivojlantirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan. Universitet rahbariyati talabalarning yuqori darajadagi bilim va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishlari, ularning talabalik hayoti qiziqarli va muhim voqealarga boy bo'lishi uchun kerakli barcha tashkiliy ishlarga tayyor.

Universitetimiz talabalarga o'z-o'zini anglash va amaliy faoliyat uchun katta imkoniyatlar taqdim etadi. Qator xorijiy universitetlar bilan ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikning samarali tizimi tufayli biz mahalliy oliy ta’lim diploma bilan bir qatorda xorijiy hamkor universitetning diplomini olish imkoniyatini taqdim etamiz. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy farovonligini ta’minlash uchun inson kapitalini yaratish va rivojlantirish bizning asosiy vazifamizdir.

Bugungi kunda SamDAQUning yangi qiyofasi – yangi turdagi universitet, XXI asr universiteti shakllanmoqda. So‘nggi oylarda SamDAQUda ro‘y bergan barcha ijobiy o‘zgarishlar va islohotlar shuni aytishga imkon beradiki, go‘zal universitetimiz o‘zining uzoq yillik tarixi, an’analar, ilmiy maktablar va avlodlar davomiyligini, shuningdek, ilm-fan sohasidagi zamonaviy natijalar va yutuqlarni hisobga olgan holda, ta'lim va innovatsion faoliyat, bugungi kunda global ta'lim maydoniga ishonch bilan harakat qilmoqda.

Ishonchim komilki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2030 yilgacha taʼlim sohasidagi ustuvor vazifalarga alohida eʼtibor qaratilayotgan bir paytda tarkibiy va ilmiy-tadqiqot siyosatini qayta isloh qilish SamDAQUga yaqin kelajakda mahalliy sanoat uchun yuqori texnologiyali gigant - ilm-fan va ta'lim markazi va dunyo standartidagi texnologik kompetentsiyalarga asoslangan ilm-fan markazi mavqeini egallash imkoniyatini beradi!

Dr. Chidem Janbay Turkyılmaz
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori