Перейти к основному содержанию

MAGISTRLIK DISSERTASIYASINING DASTLABKI VA RASMIY HIMOYASI

MAGISTRLIK DISSERTASIYAINING DASTLABKI 
VA RASMIY HIMOYASI
 
Magistrlik dissertasiyasining dastlabki himoyasi ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi) ishtirokida kafedra tomonidan tuzilgan komissiyada tashkil etiladi.
Dastlabki himoyaga boshqa kafedralardan, shuningdek, boshqa tashkilotlardan mutaxassislar taklif etilishi mumkin.
Ilmiy maslahatchi tayinlangan holda dastlabki himoyaga qadar undan magistrlik dissertasiyasiga xulosa olish ham talab etiladi.
Dastlabki himoyaga qadar magistratura talabasi ichki va tashqi hamda ilmiy rahbar taqrizlariga, shuningdek dissertasiya mavzusiga doir kamida 2 ta ilmiy maqola yoki tezisga ega bo’lishi kerak.
 
Dastlabki himoya yakunlari kafedralar yig’ilishi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Ichki va tashqi taqrizchilarni oliy ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi tavsiya etadi va ularning ro’yxati ilmiy ishlar bo’yicha prorektor (direktor o’rinbosari) tomonidan tasdiqlanadi.
Taqrizchivazifalarigaquyidagilarkiradi:- magistrlik dissertasiyasining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va tugallanganligi to’g’risida xulosa taqdim etishi;
- dastlabki himoyadan kamida 3 kun oldin taqriz taqdim etishi; - kasb odob-axloqi qoidalarining buzilishi holatlari (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, yolg’on sitata keltirish va boshqalar) aniqlangan taqdirda, ularni taqrizda ko’rsatishi.
 
Magistrlik dissertasiyasi belgilangan talablarga mos kelmagan holatlarda, magistratura talabasi tomonidan kasb odob-axloqi qoidalari (plagiat, ma’lumotlarni soxtalashtirish, yolg’on sitata keltirish va boshqalar) buzilganligi aniqlangan takdirda, shuningdek, ushbu holatlarni qisqa muddatda tuzatish imkoniyati mavjud bo’lmaganda taqrizchi magistrlik dissertasiyasini himoyaga qo’yish maqsadga muvofiq emasligi to’g’risida xulosa beradi. Magistrlik dissertasiyasini rasmiy himoya qilish kuni oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug’i bilan tasdiqlangan jadval asosida belgilanadi. Magistrlik dissertasiyasining rasmiy himoyasi oliy ta’lim muassasasining Davlat yakuniy attestasiya komissiyasi (keyingi o’rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan o’tkaziladi. Magistratura talabasi magistrlik dissertasiyasining rasmiy himoyasi taqdimot materiallari bilan bayon etilishi 20 daqiqadan oshmasligi lozim.
 
Rasmiy himoyada Komissiya a’zolari magistratura talabasini quyidagi mezonlar asosida baholaydi:- magistrlik dissertasiyasi tadqiqot mavzusining dolzarbligini va uning amaliyot bilan bog’liqligini ko’rsatib bera olishi;- magistratura talabasining tadqiqotga va vazifalarni hal etishga mustaqil yondashuvi;
- foydalanilgan ilmiy adabiyotlar, ilmiy nashrlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, shuningdek, xorijiy tillardagi adabiyotlar tanqidiy tahlilining to’liqligi va chuqurligi;
- tadqiqot usullari amaliyotda qo’llanilganligining asoslanganligi;
- olingannatijalarasosidaishlabchiqilgantavsiyalarningamaliyahamiyati;
- magistraturatalabasiningmagistrlikdissertasiyasidoirasidao’tkazilgantadqiqotlarvaolingannatijalarnirivojlantirishistiqbollariniko’rabilishqobiliyati;
- magistrlikdissertasiyasiningnazariyvaamaliyqismlaridagio’zaromantiqiybog’liqliknikuzatabilishmalakasi.
Magistrlik dissertasiya ishi 100 ballik tizimda baholanadi:
1. Agar magistrant o’zi egallayotgan mutaxassisligi bo’yicha yetarlicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lsa, bu bilimlarini amalda qo’llay olsa, bajarilayotgan ishning (vazifaning) mohiyatini to’liq tushunsa, mustaqil fikr-mulohaza yuritsa, o’z sohasida aniq tasavvurga ega bo’lsa, fikrlarini tushuntirishda mantiqiy ketma-ketlikka amal qilsa, bajargan dissertasiya ishi bo’yicha mustaqil fikr-mulohazalar, qarorlar va xulosalar qila olsa, bunday magistrlik dissertasiya ishi himoyasi 86-100 oralig’idagi ballar bilan baholanadi.
 
2. Agar magistrant o’z mutaxassisligi bo’ycha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lsa, o’z fikrini tushuntira olsa, egallagan bilimlarini amalda qo’llay olsa, mohiyatini tushunsa, masalaga ijodiy yondoshsa, o’zi egallagan sohada mustaqil fikr yuritsa, yaxshi tasavvurga ega bo’lsa, umumiy mantiqiylikka amal qilsa, mustaqil qaror va xulosalar qila olsa, bunday magistrlik dissertasiya ishi himoyasi 71-85 oralig’idagi ballar bilan baholanadi.
 
3. Agar magistrant o’z mutaxassisligi bo’yicha ma’lum darajada nazariy bilimga ega bo’lib, olgan bilim va ko’nikmalarini amalda qo’llay olsa va masalaga ijodiy yondoshsa, masalaning mohiyatini tushunib, mustaqil fikr yuritishga harakat qilib tasavvurlar hosil qilsa, fikrlarini tushunarli tarzda bayon eta olsa, mantiqan fikrlash qobiliyatini namoyon etsa va mustaqil xulosalar chiqara olsa, bunday magistrlik dissertasiya ishi himoyasi 55-70 oralig’idagi ballar bilan baholanadi.
 
4. Agar magistrant o’z mutaxassisligi bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lmasa, tushuncha va ko’nikmalarni amalda qo’llay bilmasa, masalaning mohiyatini tushintira olmasa, mustaqil fikrlay olmasa, o’z fikrini tushunarli darajada bayon qila olmasa, fikrlashda pala-partishlik va mantiqsizlikka yo’l qo’ysa, o’zi egallayotgan soha bo’yicha tasavvurga ega bo’lmasa bunday magistrlik dissertasiya ishi himoyasi 0-54 oralig’idagi ballar bilan baholanadi.
«Qoniqarsiz» baho qo’yilganda yoki magistrlik dissertasiyasi rasmiy himoyaga qo’yilmagan taqdirda magistratura talabasi keyingi 3 yil davomida uni qayta himoya qilish huquqiga ega.Magistrlik dissertasiyalari rasmiy himoyasi natijalari oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashida muhokama etiladi.
Himoya qilingan magistrlik dissertasiyalari oliy ta’lim muassasasida 3 yil davomida sakdanadi.